Korxonangiz samaradorligi va xavfsizligini oshirish uchun zamonaviy sanoat avtomatizatsiyasi va boshqaruv yechimlarini taqdim etamiz.
Biz ishlab chiqarish maydonidagi real vaqt signallarini (OT) korxonaning boshqaruv va tahliliy axborot tizimlari (IT) bilan uzluksiz bog'laymiz. Korxonangizdagi dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlar (PLC), datchiklar va avtomatlashtirilgan liniyalarni yagona tahliliy ekotizimga birlashtirib, har bir ishlab chiqarish daqiqasini biznes qarorlari uchun aniq raqamlarga aylantiramiz.
Biz nafaqat IT dasturchimiz, balki sexdagi datchik, dvigatel va texnologik rejim qanday ishlashini amalda bilamiz.
IT tizimlaridagi yangilanishlar yoki tarmoq uzilishlari ishlab chiqarish PLC mantiqiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan izolyatsiyalangan arxitektura quramiz.
Tayyor qimmatbaho korporativ litsenziyalarga bog'lanib qolmasdan, korxonangiz byudjeti va talabiga mos ochiq manbali (Open-Source) yoki sanoat standartidagi litsenziyali yechimlarni taklif qilamiz.
Texnologik auditi va dastlabki IIoT arxitekturasi loyihasini muhokama qilish uchun mutaxassislarimiz bilan bog'laning.
QO'NG'IROQ QILISH →